Prezident Olmazordagi qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrifi davomida “Next Generation Product” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Bu yerda “Royal” savdo belgisi ostida yiliga 460 ming dona elektr va quyosh energiyasi asosida ishlovchi suv isitish uskunasi, Germaniyaning “Viessmann” brendi ostida 75 ming dona suv isitish qozoni ishlab chiqariladi. Korxonada jami 530 kishi ish o‘rni bilan ta’minlangan.

Mahsulotlar Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.

Pandemiya sharoitiga qaramay korxonada ishlab chiqarish sur’ati pasaygani yo‘q. Yanvar-may oylarida 1,8 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Yil yakunigacha ko‘rsatkichni 7 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Davlat rahbariga shu yerda istiqboldagi loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Prezident mahsulotlar turini ko‘paytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

QALAMPIR.UZ'ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, “Royal” brendi bilan mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona ham Ortiqxo‘jayevga aloqador. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Olmazor tumani

Baholaganlar

28

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing