Prezident Olimpiada g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashadi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasining g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 iyulidan 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. Ushbu natija evaziga delegatsiya vakillari medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 32, MDH mamlakatlari orasida 2 hamda turkiy davlatlar (hatto Turkiyani ham ortda qoldirib) va Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida 1-o‘rinni egalladi.

Ulug‘bek Rashidov (taekvondo) va Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika), Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) va Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Bahodir Jalolov Tokio-2020 Davlat Bobonov Ulug'bek Rashidov Akbar Jo'raev Behzod Abdurahmonov

Baholaganlar

974

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing