Prezident odamlarning valyuta borasidagi xavotirli savollariga javob berdi
Jamiyat
−
31 mart 2022
17850Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun O‘zbekistonda zaxiralar yetarli. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 mart kuni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari valyuta bozorini barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan choralarga to‘xtalib, valyuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashgani, birjada rubl va yuan bo‘yicha savdolar boshlanganini aytdi.
“Bu borada xalqimizda ortiqcha xavotir yoki bezovtalik bo‘lmasligi kerak. Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli”, deydi Prezident.
Shuningdek, Markaziy bankka puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi.
Endi Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari tadbirkorlar bilan har kuni uchrashib, ularga valyuta bozoridagi vaziyatni, eksport-import hisob-kitoblarini amalga oshirish va yangi kredit mexanizmlarini tushuntirib boradi.
Ta’kidlanishicha, xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilmoqda.Masalan, so‘nggi bir oyda jahon bozorlarida bug‘doy narxi 36 foizga, shakar xom ashyosi 10 foizga, o‘simlik yog‘i narxi 2 barobarga oshgan.
LiveBarchasi