Prezident Mudofaa vazirining o‘rinbosarini lavozimidan ozod qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Isroilovich Ikromov boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Vazirlik axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, general-mayor Azizbek Ikromov Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017 yilda boshlagan. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni, polkovnik Hamdam Aliqulovich Qarshiyev O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing