Prezident Mirziyoyevning g‘oyasi asosida yaratilgan qo‘shiq 8 tilda kuylandi

Madaniyat-san’at 49103

Kecha, 24 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan "UN75" onlayn-tadbirda  O‘zbekiston Qahramoni, shoir Erkin Vohidovning “Inson qasidasi” sakkiz tilda (o‘zbek, qozoq, turk, arab, ingliz, rus, italyan va tojik tillarida) dunyoning mashhur san’atkorlari ijrosida yangradi.

Qo‘shiqni bu tarzda kuylash tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan. 

Marg‘ilonda O‘zbekiston Qahramoni, taniqli shoir Erkin Vohidovning muzeyi va ijodiy maktabining ochilishida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Prezident Shavkat Mirziyoyev taklif bildirib, “Ulug‘ shoirimizning “Inson qasidasi” benazir asar. Uni bir qancha tillarga tarjima qilib, kuyga solib qo‘shiq qilib aytinglar. Hozir ham inson g‘oyasi qanchalar noyob va aziz ekanligini odamlar, yoshlar bilsin”, degan edi. 

Erkin Vohidovning “Inson qasidasi” she’riga asoslangan ajib va benazir qo‘shiq o‘zbek, qozoq, turk, tojik, arab, rus, ingliz, italyan tillarida dunyoning mashhur san’atkorlari tomonidan ijro qilindi. 

Qo‘shiq va uning videoklipi homiylar mablag‘i asosida yaratildi. 

G‘oya muallifi: Ozodbek Nazarbekov

Matn muallifi: Erkin Vohidov

Prodyuser: Ozodbek Nazarbekov

Kompozitorlar: Nodir Umarov va Aziz Xolmurodov

Musiqaga sayqal beruvchilar: Nodir Umarov va Aziz Xolmurodov

Klip rejissyori: Sanjarbek Matkarimov

Ovoz rejissyori: Dilmurod Matkarimov

Musiqa muharriri: Dilmurod Avazov

Rejissyor: Ilyos Dadaboyev

Ijrochilar:

Dilafruz Rustamova (O‘zbekiston)

Oleg Gazmanov (Rossiya)

Omirkul Ayniyazov (Qozog‘iston)

Zafar Abdualimov (Tojikiston)

Rafet el-Roman (Turkiya)

Ahmad al-Huraybiy (Quvayt)

Alessandro Safina (Italiya)

Ozodbek Nazarbekov (O‘zbekiston)

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1648
Reyting: 3
t
×