Mirziyoyevga majlis vaqtida Akbar Jo‘rayev oltin medal olgani haqida xabar berildi

Jamiyat

image

Bugun, 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 2021 yil I yarim yilligida iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda har bir tarmoq va hududda uchinchi chorak va yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilinyapti.

Yig‘ilish chog‘ida Prezidentga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi oltin medali to‘g‘risida xabar berildi. Davlat rahbari barcha o‘zbekistonliklarni va milliy terma jamoaga ikkinchi oltin medalini keltirgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevni, shuningdek, avvalroq olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashidov va bronza medali sohibi Davlat Bobonovni tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Dast ko‘tarishda 193 kg, siltab ko‘tarishda 237 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirgan Jo‘rayev Olimpiada chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi va ikki kurash yakuniga ko‘ra, Olimpiya rekordini o‘rnatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

865

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing