Prezident Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni tabrikladi
Jamiyat
−
19 iyun 2021 7073 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Davlat rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik do‘st O‘zbekiston va Eron xalqlarining manfaatlari yo‘lida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 18-19 iyun kunlari Eronda davlatning 13-Prezidentini saylash jarayonlari o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Oliy sud raisi 60 yoshli siyosatchi Ibrohim Raisiy 17,8 million ovoz yig‘ib g‘alaba qozondi. U keyingi 4 yil mobaynida davlatni boshqaradi.
Live
Barchasi