Prezident Mirziyoyev bugun safarga chiqadi
Jamiyat
−
17 fevral 2023
18366O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 fevral kuni Buxoro viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, safar davomida mahallalar hayoti va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda viloyatni rivojlantirishning muhim masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari Buxoro viloyatiga so‘nggi bor 2021 yilning 12 oktyabr kuni borgan edi.
LiveBarchasi