Prezident mebelchilarni qo‘llaydigan qarorni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 fevraldan 2024 yil 1 yanvarga qadar:

•    tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlariga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qo‘yilgan me’yor ko‘rsatkichi 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi;

•    yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 9 barobaridan ko‘p bo‘lmagan qismi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

•    1-ilovaga muvofiq mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Shuningdek, prezidentning 2021 yil 21 iyundagi PQ-5155-son qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qo‘llanilishi 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

mebel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar