Prezident mehnat migratsiyasiga oid qaror imzoladi
Jamiyat
−
30 iyul 2021
8584O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan mehnat migrantlarining:
• xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish uchun BHMning 3 barobarigacha;
• yo‘l transport chiptasi xarajatlarini qoplash uchun BHMning 2 barobarigacha;
• rivojlangan mamlakatlarga ishchi vizalarini rasmiylashtirish uchun BHMning 5 barobarigacha davlat byudjetidan pul ajratiladi.
Shuningdek:
• Malaka imtihonlarining xarajatlarini qoplash uchun 20 ming nafar mehnat migrantiga 14,6 mlrd so‘m;
• xorijiy til yoki kasbga o‘qigan fuqarolarga transport chiptasi uchun 490 ming so‘m;
• transport chiptasini xarid qilish uchun 69 ming nafar mehnat migrantiga 33,6 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bazaviy hisoblash miqdori 245 ming so‘mga teng.
LiveBarchasi