Prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenovning o‘g‘li yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Ichki  ishlar boshqarmasida bir necha lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Unga ko‘ra, podpolkovnik Ortiq Tursinxonovich Xudoybergenov Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Shuni ma’lum qilish o‘rinliki, Prezident maslahatchisi – Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi general-leytenant Tursunxon Xudoybergenovning o‘g‘li. 

Shuningdek, polkovnik Saidkarim Xamidxo‘jayevich Alimov Ichkishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-jazoni ijro etish bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Shermuxamedov Sherzod Abdivaliyevich Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Xojamatov Dilshod Muxammadjonovich Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;

mayor Zufarov Dilmurod Rixsibayevichni Tibbiyot bo‘limining davolash-profilaktika muassasalari Harbiy tibbiy komissiya Rais-shifokori lavozimidan ozod etilib, Tibiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga;

podpolkovnik Muxamedjanov Dilshod Mamirjanovich Jinoyat qidiruv boshqarmasi Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

mayor Azizov Xayriddin Sirojitdinovich Vazirlik Jinoit qidiruv bosh boshqarmasi, Og‘ir v o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan kurashish boshqarmasi, shaxsg qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimidan ozod etilib, Toshkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ortiq Xudoybergenov Tursunxon Xudoybergenov

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar