JIDUga yangi rektor tayinlandi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020 8329 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga yangi rektor tayinlandi.
Qaror bilan Komiljon Hamidovich Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori lavozimidan ozod qilindi.
Bundan tashqari, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abdusattarovich Abduvohidovga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarish yuklatilganligi bekor qilindi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr