Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov vafot etdi
Jamiyat
−
07 may 2021
19095O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimov og‘ir kasallikdan vafot etdi. Bu haqda Facebook’da O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ma’lum qildi.
“Ta’ziya. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi nomidan, o‘z nomimdan davlat va jamoat arbobi, iqtidorli olim, rahbar va ustoz, fidoiy va mehnatkash inson Rustam Sobirovich Qosimovning og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya, hamdardlik bildiraman”, deb yozadi u.
Ma’lumot uchun, Rustam Sobirovich Qosimov 1956 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Qosimov 2017-2018 yillarda Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan. 2018 yil Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida foliyat yuritgan. U 2019 yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor sifatida ham ishlab kelayotgandi.
LiveBarchasi
26 noyabr