Prezident maslahatchisi Oliy sud raisi bo‘ldi
Jamiyat
−
10 avgust 2022
9636O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining bugun, 10 avgustdagi qarori bilan Baxtiyor Jahongirovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga saylandi.
Oliy sudi raisi Kozim Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlis muhokamasi natijasida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisligiga nomzod muhokama qilingan. Muhokama yakunida Baxtiyor Jahongirovich Islomov Oliy sud raisi etib saylangan.
Ma’lumot uchun, Baxtiyor Islomov bungacha O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Kozim Komilov nomzodini Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga ko‘rsatgan. Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari joriy yil 24 avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritgan.
LiveBarchasi