Prezident Markaziy bank rahbarini tanqid qildi
Olam
−
22 avgust 2019
12013Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy bank rahbarini bankomatlar ishidagi uzilishlar uchun tanqid qilib, banklar yetarli moliyaviy resurslarga ega ekanini aytdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bermoqda.
Tanbehga qaramay, Ashxabodda ham bankomatlar oldida qatorlar bor. Chekka hududlarda esa vaziyat bundan ham battar. Masalan, Toshhovuz viloyatining Gubadag (oldingi Telmansk) shahrida odamlar bankomatlar yonida tunab qolyapti. Hamma o‘zi bilan dudekcha (paxta tolasi bilan to‘ldirilgan turkman ko‘rpasi) va choyshabni oladi.
Bankomatlarning ishlashi uchun 100 manatda bitta hisob varag‘i beriladi. Qolgan pullar uchun yana navbat olish kerak.
Viloyat aholisi ish haqi, pensiyalar, bolalar nafaqalari va nogironlik nafaqalarini ololmaydilar. Qishloq aholisi hanuzgacha pilla va bug‘doy hosiliga pul ololmayapti. Navbatda, hamma bilan bir qatorda, yosh bolali onalar ham bor, ular uchun ayniqsa qiyin davr.
Bu kabi qiyinchiliklarga Toshhovuz viloyatining boshqa tuman markazlari aholisi ham duch kelmoqda.
Shu bilan birga, Belorussiyadagi ko‘plab turkmanistonlik talabalar yana bank kartalaridan pullarni yechishda muammolarga duch kelyapti. Talabalarning so‘zlariga ko‘ra, kartalar o‘tgan haftada bir-biridan uzilib qolgan. Siz pulni yechib olmoqchi bo‘lsangiz, hisobingizda mablag‘ yetarli emasligi haqida xabar paydo bo‘ladi, biroq qoldiqni tekshirish paytida pul mavjudligi ko‘rsatiladi.
“Vneshekonombank”ning qo‘llab-quvvatlash xizmati talabalarni tizimda kartalar ishlayotganiga ishontiryapti.
Ilgari talabalar kuniga 20 dollargacha yechib olishlari mumkin edi, ammo oyiga 150-160 dollardan oshmasligi kerak bo‘lgan.
LiveBarchasi