Prezident maktablariga saralash imtihoni 3 ta hududda yakunlandi
Jamiyat
−
02 iyul 2019
5002Joriy yilning 29 iyun – 1 iyul kunlari o‘tkazilgan Prezident maktablariga qabul qilish bo‘yicha birinchi bosqich imtihonlari bo‘yicha jami 24 360 nafar (98,4%) o‘quvchi ishtirok etdi. 387 nafar (1,6%) o‘quvchi imtihonlarga kelmagan bo‘lsa, 3 nafar o‘quvchi imtihondan chetlashtirildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent, Nukus va Xorazmda saralash imtihonlari yakuniga yetdi, ertaga Namanganda saralash imtihonining oxirgi kuni.
Barcha javob varaqlari Cambridge Assessment International Education tomonidan Buyuk Britaniyaga olib ketildi.
Saralash imtihoni javoblari Cambridge tomonidan e’lon qilinadi.
LiveBarchasi