Prezident maktablariga qabul kunlari va imtihon tartibi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
11 may 2021
9886AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Prezident maktablariga qabul jarayonlari va kirish imtihonlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida 16 maktab ta’lim jarayonini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod maktabi, 3 tasi ixtisoslashtirilgan maktab.
Joriy o‘quv yilidan yana 10 ta yangi Prezident maktabi Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termez, Nurafshon shaharlarida ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida Prezident maktablari faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Ta’kidlanishicha, bu yil Prezident maktablariga qabul jarayoni 5 iyundan 25 iyunga qadar, ya’ni ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bo‘ladi. Kirish imtihonlari 2 bosqchidan iborat bo‘lib, birinchi saralash bosqichi 20-25 iyulda, ikkinchi yakuniy imtihonlar 20-23 avgustda bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan o‘quv yilida pandemiya sabab kirish imtihonlari bo‘lmadi. Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9 sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul bo‘ladi.
Bu yil hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Talabgor platforma orqali ota-onasi yordamida hujjatlarni to‘ldirishi kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi