Prezident Mahallabay ishlash markazlari ochishni taklif qildi
Jamiyat
−
16 aprel 2021 6261 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mahallabay ishlash markazlari tashkil etish taklifini ilgari surdi. Bu haqda ayni vaqtda Samarqand viloyati faollari, sohalar rahbarlari bilan o‘tkazilayotgan Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yangi tizimda tuman, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari strukturasida Mahallabay ishlash markazi tashkil etiladi.
Markaz har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiradi.
Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kechayu-kunduz ishlaydi. Ular endi byudjetdan oylik olib, mahallada ish joyi tashkil etish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi. Bu “Samarqand tajribasi” bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yig‘ilishni Imom Buxoriy haqida gapirishdan boshlagandi.
Live
Barchasi