Prezident kimyo zavodlaridagi davlat ulushini sotishga ko‘rsatma berdi

Olam

image

Bugun, 21 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi yirik korxonalar negizida 4 ta kimyo klasteri tashkil etilmoqda. Ular xomashyodan tayyor mahsulotgacha ishlab chiqaradigan bo‘ladi. Hozirda 1,8 milliard dollarlik 14 ta loyiha amalga oshirilmoqda va 5,6 milliard dollarlik yana 29 ta loyiha rejalashtirilgan.

Prezident ushbu klasterlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun loyiha ofisi tuzish, bo‘sh turgan maydonlarni lotlarga ajratib, xususiy investorlarni jalb etish kerakligini aytdi.

Kimyo zavodlarida ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘it bilan uzluksiz ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Bozorda hamisha talab bo‘lgan yana bir yo‘nalish – maishiy kimyo vositalari. Hozircha bu talabning katta qismi import hisobidan qoplanmoqda. Mahalliy mahsulotlarning o‘rnini oshirish uchun xomashyo va sifat kerak. Shu bois bu yo‘nalishda xususiy sektorga keng o‘rin berib, ularni xomashyo bilan ta’minlash, xalqaro brendlarni olib kelish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing