Prezident kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston 4-5 mln odam kam ta’minlangan. Bu turli hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy aholining 12-15 foiziga teng. Bu masala haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga murojaati vaqtida aytib o‘tdi.

“Aholi farovonligini yaxshilash va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish biz uchun bosh vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi hech kimga sir emas. Endi buni yashirib yurishga haqqimiz yo‘q, ochiqcha aytishiz kerak. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlami mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan aholining 12-15 foizini tashkil etadi. Aniq raqamlarga to‘xtalsak, gap 4-5 mln aholi haqida ketyapti”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident barcha vazir, hokiml va deputatlar yetarli daromadga ega bo‘lmagan qatlamga alohida e’tibor qaratmasa, ko‘p o‘rinlarda ko‘zbo‘yamachilik, balandparvoz gaplar bilan masalalar qolib ketayotganini ta’kiladi.

“Ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va yordam pulini to‘lash yoki ular miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal qilish mumkin deb o‘ylaydi. Bu bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni yechish imkonini bermaydi”, deb aytib o‘tdi.

Davlat rahbari insonning ichki quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish kerakligini ta’kidladi. Prezident shuning uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda birinchi marta kambag‘alchilikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing