Prezident Qozonga yetib bordi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2023
7325O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifining birinchi manzili – Qozon shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib olgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun, 5 oktyabr kuni Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Ertaga, 6 oktyabr kuni esa Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
LiveBarchasi