Prezident Qoraqalpog‘istonga oid qaror imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston aholisi salomatligini tiklash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga oid qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 80 o‘rinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi, surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar uchun 120 o‘rinli bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi tashkil etiladi. Bu davlat rahbarining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022–2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq, Qorqalpog‘istonda quyidagilar tashkil etiladi:

•  surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar uchun 120 o‘rinli bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi;

•  80 o‘rinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi;

•  Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida 20 o‘rinli xirurgiya bo‘limi;

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi negizida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali;

•  Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida mavjud o‘rinlar doirasida umidsiz og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan bo‘lim (hospis).

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Joriy yil 1 iyuldan leprozoriylarda ishlaydigan barcha xodimlarning lavozim maoshiga 50 foiz miqdorida ustama belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1949

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing