Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha kuch tuzilmalarining harakatlarini tekshirishni buyurdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘istondagi voqealar ortida xorijiy kuchlar turibdi. Bu harakatlarga chetdagi g‘arazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida gapirdi. 

“Albatta, bu voqealar bir kunda yoki o‘n kunda tashkil qilingan emas”, deydi davlat rahbari.  

Uning alohida qayd etishicha, bu harakatlarga chetdagi g‘arazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik ko‘rilgan. Ularning asl maqsadi O‘zbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish va millatlararo nizo keltirib chiqarishga qaratilgan.

“Bo‘lib o‘tgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish uchun Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligida tergov va surishtiruv guruhi ish olib bormoqda.

Bu jarayonga xolis tomonlarni, ya’ni, jamoatchilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qilish zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mamlakat Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevga har bir holat chuqur va xolisona o‘rganilishi va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilishi bo‘yicha topshiriq berdi. 

Shuningdek, davlat rahbari kuch tuzilmalarning harakatlarini ham tahlil qilish kerakligini buyurdi. 

“Shu o‘rinda, kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan noto‘g‘ri kuch ishlatilgan bo‘lsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi ta’minlansin", deydi Prezident. 

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va AQSH davlat departamenti O‘zbekiston Hukumatini Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ochiq va shaffof tergov o‘tkazishga, shuningdek xavfsizlik kuchlarining harakatlarini tekshirishga chaqirgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing