Prezident qilichbozlik bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi jahon chempionini mukofotladi

Sport

image

BAAning Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik qilichbozlar Vatanga qaytdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov tantanali kutib oldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan qilichbozlarni taqdirlash marosimida musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan Zuhriddin Qodirovni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Sportni rivojlantirish vaziri tomonidan o‘qib eshittirildi va mukofot o‘z egasiga tantanali ravishda topshirildi.

Qayd etgan natijalari uchun sportchilar Zuhriddin Qodirov 5 000, Zaynab Dayibekova (bronza medal sohibi) 3 000, murabbiylar Vladimir Nazlimov 2 000 va Yorqin Yo‘ldoshev 1 000 AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Zuhriddin Qodirov O‘zbekiston tarixida ilk bor qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan sablyachi bo‘lgandi. Shuningdek, musobaqada Zaynab Dayibekova bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing