Prezident Qashqadaryoga safarini o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan gaplashishdan boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi boshlandi. 

Davlat rahbari tashrifni Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasidan boshladi. Bu 2021 yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi.

Yaqinda bu yerda yangi maktab qurib bitkazildi. Prezident mahallaga tashrifi chog‘ida uni kirib ko‘rdi.

Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.

Davlat rahbari o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

“Shunday sharoit yaratayapmizki, o‘quvchilar maktabdan chet tillarini va hunar o‘rganib chiqadi. 11-sinf hayot yo‘li sinfi bo‘ladi. Agar har bir yosh shunday o‘qib, jamiyatda o‘z o‘rnini topsa, O‘zbekistonimizga mustahkam zamin bo‘ladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shu yerda qashqadaryolik o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

“Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi. Sir emas, ilgari bolalar uch oylab paxtaga chiqarilardi. Birgina Qashqadaryoda 155 ming o‘quvchi o‘rni yetishmasdi. Buning uchun viloyatga 1 trillion mablag‘ ajratildi. 215 ta maktab qurildi. Bugun Qashqadaryo maktablar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ham oshirildi. Albatta, bularni yana davom ettiramiz. Lekin asosiysi – sifat bo‘lishi kerak. Bu avvalo o‘qituvchilarning bilimiga, dunyoqarashiga, fidoyiligiga bog‘liq”, deydi davlat rahbari.

Uchrashuvda pedagoglar o‘z faoliyati haqida so‘zlab, fikr va takliflarini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing