Prezident qancha mansabdor korrupsiyada ayblanib qo‘lga olinganini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.

“Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish”, deydi Mirziyoyev.

Davlat rahbari deputat va senatorlardan o‘ziga belgilangan hududlarga borib, davlat byudjeti mablag‘lari qanday sarflanayotganini nazorat qilish vakolatidan unumli foydalanib, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shishni so‘radi. 

Shuningdek, Prezident mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo‘lishini alohida urg‘uladi. 

“Vazirlar ham, hokimlar ham bir narsani yaxshi tushunib olishi kerak. O‘zbekistonda mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo‘ladi”, deydi davlat rahbari. 

Uning bildirishicha, Xalqaro tijorat sudini O‘zbekistonda tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlangan. 

“Yuqoridagi barcha tashabbuslarni Konstitutsiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhrlab qo‘yish lozim”, deydi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing