Prezident issiqxonalarning gazdan uzilishi muammosini hal qilishni Umurzoqovga topshirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev issiqxonalarni gaz ta’minotidan uzish holati bo‘yicha tadbirkorlarning noroziligidan xabar topib, Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqovga bu masala bilan shug‘ullanishni topshirdi.

Administratsiya rahbari boshchiligida o‘tgan majlisda issiqxonalarni tabiiy gaz ta’minotidan ogohlantirishsiz uzish holatlari bo‘yicha juda ko‘p e’tirozlar bildirilayotgani, xususan 25 oktyabr kuni respublikaning turli hududlaridan issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plangani bo‘yicha tegishli mas’ullar qattiq tanqid ostiga olingan.

Umurzoqovga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari ushbu masala bilan umuman shug‘ullanmagani uchun, tadbirkorlarning muammolariga yechim topmagani uchun ular Prezident Administratsiyasiga kelishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing