Prezident ish o‘rni yaratishda “masalaning ichiga kirmagan” hokimlarni tanqid qildi
Jamiyat
−
25 yanvar 2023
7351Navoiy, Buxoro, Namangan, Qo‘qon, Ohangaron va Chirchiq shaharlari, Zafarobod, Arnasoy, Vobkent, Shofirkon, Kogon, G‘ijduvon, Romitan tumanlarining bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalari puxta ishlab chiqilmagani, ularda mavjud barcha imkoniyat va zaxiralar hisobga olinmagan. Ushbu tanqidiy fikrlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Qolgan viloyatlarchi? Bu borada hududlarning dasturlari bilan birma-bir tanishib chiqdim. Ochiq aytish kerak, ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari masalaning ichiga kirmagan”, deydi Prezident.
Shu bilan birga, kambag‘allik ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yaxshilangan bir paytda, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘onada o‘zgarish sezilmayotgani ta’kidlandi.
LiveBarchasi