Olimlar koronavirus tepakal erkaklar uchun yanada xavfli ekanligini aniqlashdi
Salomatlik
−
06 iyun 2020
17839Shifokorlar erkaklarda soch to‘kilishiga olib keladigan androgen gormonini Ispaniya shifoxonalarida uchragan eng yomon COVID-19 holatlari bilan bog‘lashdi. Tepakal erkaklarda koronavirusni yuqtirish xavfi ko‘proq, chunki ular viruslarga hujayralarga hujum qilishiga yordam beradigan gormonlarni olib yurishadi, deydi olimlar.
“Daily Mail” xabariga ko‘ra, ushbu kashfiyotni AQSHda koronavirusdan vafot etgan birinchi amerikalik shifokor, tepakal doktor Frank Gabrinaning sharafiga "Gabrina belgisi" deb atash mumkin.
"Biz ishonamizki, androgenlar yoki erkak gormonlari virusning bizning hujayralarimizga kirishiga yo‘l ochadi", dedi Ushbu tadqiqotning yetakchi muallifi, Braun universiteti professori Karlos Vamber.
Professor Ispaniyada ikkita tadqiqot o‘tkazdi. Unda koronavirus bilan kasallangan erkaklar guruhi ishtirok etdi.
Madridning uchta kasalxonasida 122 bemorda o‘tkazilgan bitta tadqiqotda koronavirus testi ijobiy chiqqan erkaklarning 79 foizi tepakal edi. Ushbu tadqiqot materiallari Amerika Dermatologiya akademiyasining jurnalida (Journal of the American Academy of Dermatology) chop etildi.
Ilgari Ispaniyada 41 bemorni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ularning 71 foizi tepakal edi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu nisbatan kichik tadqiqotlar edi, shuning uchun qo‘shimcha ishlarni bajarish lozim topilgan.
LiveBarchasi