Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Bugun, 10 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi chog‘ida buyuk muhaddis Imom Buxoriy qabrini va Birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Dastlab davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasining qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. Shu yerda galdagi qurilish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Ziyorat davomida Qur’on tilovat qilindi.

Keyin Prezident Shavkat Mirziyoyev Hazrati Hizr majmuasidagi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi.

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing