Prezident Folker Turk bilan uchrashuv o‘tkazyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qilmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bu yuqori martabali mehmonning Markaziy Osiyo mintaqasiga va umuman Osiyoga ilk tashrifidir.

Uchrashuvda asosiy e’tibor inson manfaatlarini ilgari surish va huquqlarini himoya qilish masalalarida konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing