Prezident energiya taqchilligi haqida gapirdi
Jamiyat
−
13 dekabr 2022
9987Toshkentda 55 ming ish o‘rni yaratishni rejalashtirlyapti. Bu ish joylariga hech bo‘lmasa chiroq o‘rnatish kerak. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 13 dekabr kuni Uchtepa tumani faollari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Davlat rahbari Uchtepa tumanidagi faollar yig‘ilishida energiya taqchilligi masalasiga to‘xtaldi.
“Toshkent shahrida issiqlik markazlari eskirgan va energiya sarfi juda yuqori. Ammo shunga yarasha issiqlik ham ishlab chiqara olmaydi. Bitta stansiya sarflayotgan gaz va elektr energiyasi bilan katta hududni ta’minlash mumkin”, deydi Prezident.
U, shuningdek, shaharda oxirgi yillarda misli ko‘rilmagan darajada ishlab chiqarish korxonalari ochilganini urg‘uladi.
“Albatta, ularning energiyaga bo‘lgan talabi ham shunga yarasha. Mana hozir 55 ming ish o‘rni yaratishni rejalashtiryapmiz. Tabiiyki, bu ish joylariga hech bo‘lmasa chiroq o‘rnatish kerak. Qolgan texnologiyalarni gapirish ham shart emas”, deydi Mirziyoyev.
Davlat rahbari so‘zida davom etib, yil o‘tgani sari elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj oshib borishi, Hukumat avvalo zamonaviy texnologiyalarni joriy etishi lozimligiga e’tibor qaratdi.
“Xorijdan ham elektr energiya, ham issiqlik ishlab chiqaruvchi texnologiyalar olib kelamiz va issiqlik markazlarini qayta jihozlaymiz. Uch million kishi yashaydigan shaharning ta’minoti uchun har kuni yangilik qilish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi