Prezident energiya inqirozida kimlar aybdorligini nomma-nom aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kuzatilayotgan energetika inqirozida Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullayev, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Farhod Abdurahmonov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Dadajon Isaqulov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyev, “O‘ztransgaz” AJ raisi Bekzod Normatov, “Hududgazta’minot” AJ raisi Bahodir Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlarini aybladi. 

Ayni vaqtda davlat rahbari raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari so‘nggi kunlarda aholini qiynayotgan energiya ta’minoti masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Oxirgi olti yilda sohada katta o‘zgarishlar bo‘lgani, jumladan:

•    5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25 yilda bor-yo‘g‘i 3,3 ming megavatt quvvatlar ishga tushgan);

•    45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar ko‘p);

•    suyultirilgan gaz va ko‘mir ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshgani ta’kidlandi.

“Lekin bir hafta bo‘lgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullayev, F.Abduraxmanov, D.Isakulov, U.Mustafoyev, B.Normatov, B.Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamagani ko‘rinib qoldi. 

Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi, shuncha qilayotgan islohotlarimizni obro‘sizlantirdi.

Vaholanki, ularning tizimida 115 mingdan ziyod xodimlardan iborat katta armiyasi bor. Ular ham oylik oladi”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1401

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing