Prezident eksport faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi
Jamiyat
−
25 may 2019
4316Joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Quyida qarorning to‘liq матni bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 йил 20 dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4069-son qaroriga muvofiq, shuningdek, eksport va eksportoldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlarini samarali tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) eksport qiluvchilarga:
tijorat banklarining eksportoldi kreditlari, shu jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdordakompensatsiya taqdim etadi;
tijorat banklarining kreditlari, shu jumladan, eksportoldi kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 4 milliard so‘mdan oshmagan miqdordakafillik beradi.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 йил 29 noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5587-son Farmoni 1-илоvaсида ko‘rsatilgan xomashyo tovarlari eksportiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘armaning buyurtmanomalari asosida 2019-2020 yillar davomidaushbu bandda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 50 milliard so‘mgacha miqdorda mablag‘ ajratsin.
2. O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda eksport qiluvchi korxonalarni, shu jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditlar berish orqali moliyalashtirish turlarini kengaytirsin.
3. Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga ilovadagi ro‘yxatga muvofiq mahsulotlarni eksport qilishda temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi joriy qilinsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash chorasi qo‘shni davlatlarga eksport qilinadigan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) mahsulotni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda ushbu band bilan tasdiqlangan ro‘yxatga o‘zgaртириш va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, комиссионер (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdaн tushgan умумий tushumida hisobot davri yakuni bo‘yicha tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan юқори bo‘lgan yuridik shaxslarga ularning arizalariga кўра eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Agentlik zimmasiga ham respublikamizdagi, ham xorijdagi xalqaro стандартлаштириш va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish, milliy mahsulotni xorijiy davlatlar vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ko‘rgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarida ishtirok etish, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini o‘tkazish, shu jumladan, an’anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni потенциал bozorlarda ilgari surish bo‘yicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berish vazifasi yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Agentlik ikki oy muddatda eksport qiluvchi tashkilotlarga mazkur moliyaviy ko‘makni berish mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda tadbirkorlik sub’ektlarining xorijiy mamlakatlarda zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar olish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari hamda xalqaro tenderlar va tanlovlarda ishtirok etish bilan bog‘liq boshqa to‘lov xarajatlarining bir qismini to‘lashni nazarda tutsin.
6. Belgilansinki, 2019 йил 1 iyundan boshlab tirik holdagi tovuq, quyon va baliq hamda ularni so‘yib ishlangan mahsulotlar eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – “O‘zbekinvest” EИMСК) direktorlar Kengashining:
“O‘zbekinvest” EIMSKning ustav kapitalini kompaniyaning o‘z kapitali hisobiga 221,6 milliard so‘mgacha ko‘paytirish;
“O‘zbekinvest” EИMСК tuzilmasida eksportoldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha bosh директорniнг birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
8. Belgilansinki:
“O‘zbekinvest” EIMSKning eksportni sug‘urtalash orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatlari kompleksi харидор kreditini, qisqa muddatli debitor qarzdorlikni, mahsulot yetkazib beruvchi kreditini, tasdiqlangan akkreditivni, eksport qiluvchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish kreditini, eksport faktoringini sug‘urtalashni hamda eksportni sug‘urtalash orqali qo‘llab-quvvatlashning boshqa vositalarini o‘z ichiga oladi;
moliya yilida eksport kontraktlari va kreditlarini sug‘urtalashning barcha shartnomalari bo‘yicha (xomashyo bo‘lmagan mahsulot eksporti qismida) sug‘urta tovon to‘lashning умумий hajmi “O‘zbekinvest” EИMСК o‘z kapitalining 10 foizidan oshib ketgan taqdirda, “O‘zbekinvest” EИMСК o‘z kapitalining 10 foizidan oshib ketgan miqdordagi yo‘qotishlari uning ustav jamg‘armasini oshirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
ikki oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “O‘zbekinvest” EИMСК faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida tegishli hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Транспорт vazirligi bilan birgalikda xabar berilganlik fakti qayd etilishini ta’minlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda, buyurtmanomalarni, shu jumladan, 2019 йил 1 maydan buyon amalga oshirilgan mahsulot eksporti bo‘yicha qabul qilish va ko‘rib chiqish mexanizmini nazarda tutadigan, mahsulot olib boriladigan мамлакат va subsidiya taqdim etishning eng ko‘p muddatidan kelib chiqib, Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;
2019 йил 1 avgustga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va Agentlik mablag‘lari hisobidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining interaktiv шаклда taqdim etilishini, shuningdek, davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda batafsil ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan, elektron savdo maydonchalari hamda манфаатдор vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyalashganTashqi iqtisodiy ma’lumotlar portalini yaratish va ishga tushirishni;
bir oy muddatda манфаатдор vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portalini yuritish va mas’ul idoralar tomonidan Portalga tegishli ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi niзом tasdiqlanishini;
bir oy muddatda “O‘zagroeksportbank” ATB negizida eksport va importni moliyalashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan bank tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Транспорт vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning eksport yuklarini tashish тарифлариni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 йил 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3978-son qarorining 6 va 7-bandlari, 14-bandining yettinchi xatboshi o‘z kuchini йўқотgaн deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda манфаатдор vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgaртириш va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriniнг o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov va E.M.Ғаniев zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019 йил 24 may
LiveBarchasi