Qishda Messiga “Barselona”dan ketish uchun imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin
Sport
−
08 Oktabr 2020
8161Argentinalik "Barselona" hujumchisi Lionel Messi qishki transferlar oynasida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda "Marsa" xabar berdi.
Moliyaviy inqiroz tufayli Kataloniya klubi futbolchilar bilan ish haqini kamaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, qaror qabul qilingan taqdirda, futbolchilar yanvar oyidayoq jamoa bilan tuzilgan shartnomalarni bir tomonlama bekor qilishga haqli.
Manbaning xabar berishicha, Messi ushbu fursatdan foydalanib, "Barselona" ni tark etishi mumkin. Forvard yozgi transfer oynasidayoq klubni tark etishi mumkin edi, ammo rahbariyat uni qolishga ko‘ndirgandi. Hozircha futbolchi faoliyatini davom ettirishi uchun eng ishonchli klub "Manchester Siti" bo‘lib turibdi.
Avvalroq, "Barselona" koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy muammolarga duch kelgani aytilgandi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning yo‘qotishlari 97 million yevroni tashkil qilgan.
LiveBarchasi