Prezident Chilonzor hokimini ishdan oldi, Ortiqxo‘jayevga esa hayfsan berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bugun, 8 avgust kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida selektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda kuni kecha Toshkent shahrida ro‘y bergan va aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olindgan. 

“Prezident topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov va prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va prokurori Ulug‘bek Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 7 dona eman daraxtining tomir qismiga shikast yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1002

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing