Prezident bir vazir va ikki qo‘mita raisi o‘rinbosarlarini ishdan oldi

Jamiyat

−

image

Favqulodda vaziyatlar vaziri, Veterinariya qo‘mitasi raisi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining bittadan o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorlarni imzoladi.

Qarorlar bilan:

•    Azizbek Latifjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

•    Sirojiddin Berdiqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;

•    Bekzod Ummatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing