Prezident bir guruh yoshlarni mukofotladi

Jamiyat

−

image

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. 

Unga ko‘ra, quyidagilar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi:

  • Kuanishbayeva Gulayim Maxambetali qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Srajatdinov Amanbay Konisbay uli - Nukus shahridagi Real Innovatsiya NKS nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li - Baliqchi tumanidagi Academy IT Star mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati
  • Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi
  • Ostonov Og‘abek O‘lmas o‘g‘li - Jondor tumanidagi “Sharif Nafosat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati
  • Sattorov Elbek Xoliqul o‘g‘li - Baxmal tumanidagi “Azzam Elbekovich” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Hoshimova Shaxlo Ulug‘bek qizi - Jizzax politexnika institutining qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati
  • Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Xo‘jayeva Roxilabonu Saidusmon qizi - “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati
  • Bafoyev Sherzod Ixtiyor o‘g‘li - Konimex tumanidagi “Boymurod” oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati
  • Saidova Sevinch Asatillo qizi - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati
  • Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati
  • Xusanov Muxammadali Alisher o‘g‘li - Uychi tumanidagi “Sanlitun” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati
  • Anorov Bohodir Qobiljon o‘g‘li  - Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Shodiyeva Madina Nuraliyevna - Samarqand shahridagi Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi gid-ekskursovodi, Samarqand viloyati
  • Ortiqboyeva Hilola G‘ulomjon qizi - Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Sirdaryo viloyati
  • Turdiqulov Islom Hayitboy o‘g‘li - Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyo-texnologiyalar kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati
  • Ashurova Maftuna Ortiq qizi - Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • G‘ofurova Dinora Alisher qizi - “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining "O‘zbekiston" lokomotiv deposi "Afrosiyob" yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Toshkent viloyati
  • Raxmatullayev Farxodjon Rustamjon o‘g‘li - Quyi Chirchiq tumanidagi "Sofia Ticaret" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So‘x tumani "Sarikanda" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati
  • Xoliqova Gulira’no Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi "Xoliqov Yo‘lchiboy" fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati
  • Yuldoshev Usmonbek Umarbek o‘g‘li - Urganch shahridagi "Glass Pro" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Xorazm viloyati
  • Ne’matov Miraziz Mirali o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Tanlanganlar" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi "Urikguli" ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri
  • Zaripova Barno Ikrom qizi - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi
  • Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Loyihalar boshqaruvi markazi" nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi
  • Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri
  • Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi
  • Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti uslubchisi
  • Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - "Yuksalish" nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi
  • Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor

Shuningdek, quyidagilar "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi:

  • Aymuratov Musa Tatlimurat uli - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Yo‘ldoshev Abbos Bahrom o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Qobulov Baxtiyorjon Ortiqboy o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 4-bosqich kursanti (Andijon viloyati)
  • Samandarov Nuriddin Maxammatjon o‘g‘li - Andijon davlat universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)
  • Otamurodov Nurmuhammad Shuxrat o‘g‘li - Olot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)
  • Qosimov Jasur Toxirovich - “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, kandakor usta (Buxoro viloyati)
  • Mo‘minov Shahboz Axmadqul o‘g‘li - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Jizzax viloyati)
  • Ro‘ziqulov Dilshod Shuhrat o‘g‘li - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti (Jizzax viloyati)
  • Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘g‘li - Shahrisabz davlat pedagogika institutining informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi (Qashqadaryo viloyati)
  • Nurmatov Mironshox Nuriddin o‘g‘li - Koson tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Qashqadaryo viloyati)
  • Suyunov Shohruh Lazizjon o‘g‘li - Toshkent shahridagi “Suyunov Art Studio” o‘quv markazi rahbari (Navoiy viloyati)
  • O‘ktamov Shohruh Rustam o‘g‘li - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi (Navoiy viloyati)
  • Yusupov Jasurbek Muratbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi uchuvchi-shturmani (Namangan viloyati)
  • Urunov Asadbek Davlatali o‘g‘li - Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
  • Elmurotov Shahzod Hamza o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismi guruh komandiri (Samarqand viloyati)
  • Arziqulov Fazliddin Faxriddin o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universitetining 2-bosqich magistranti (Samarqand viloyati)
  • Valijonov Azizbek Farhod o‘g‘li -Toshkent tibbiyot akademiyasining 6-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
  • Qulbolayev Asadullo Komil o‘g‘li - Boyovut tumanidagi 1-sport maktabining jang san’ati bo‘yicha murabbiysi (Sirdaryo viloyati)
  • Boboyev Nabi Tohir o‘g‘li - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining katta o‘qituvchisi (Surxondaryo viloyati)
  • Islomov Inomjon Umidjon o‘g‘li - Sho‘rchi tumanidagi 125-ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati)
  • Guliyev Artur Marlenovich - Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Toshkent viloyati)
  • Saparov Javoxirbek Xikmatjon o‘g‘li - Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchisi (Toshkent viloyati)
  • Maxmudov Sodirjon Abdullajon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Farg‘ona viloyati)
  • O‘lmasov Ahadjon Akramjon o‘g‘li - Farg‘ona politexnika institutining tayanch doktoranti (Farg‘ona viloyati)
  • Sabirov Azizbek Davronbekovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
  • Yo‘ldoshov Og‘abek Ne’matjon o‘g‘li - Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati)
  • Nazarov Azizbek Farrux o‘g‘li - Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri)
  • Svechnikov Vladimir Aleksandrovich - O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri)

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing