Prezident bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotladi (ro‘yxat)

Jamiyat

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar orden va medallar bilan mukofotlandi.

Mamlakatda ta’lim tizimini rivojlantirish, sohada tub islohotlar samarasini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayonlariga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchi va talaba yoshlarga ilm-fan asoslari, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan yetuk va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan:

  • Ochilov Do‘smurot Toshmurotovich Karmana tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
  • Abdullayeva Dilbar Axmadovna Jizzax shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan:

  • Otajonov Ozod Ortiqovich  Hazorasp tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
  • Petrova Natalya Nikolayevna Kattaqo‘rg‘on shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Samarqand viloyati.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:

  • Sodiqov Qosimjon Pozilovich Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori;
  • Eshtoyev Anvar Ko‘rganovich O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:

  • Shodmonov Alisher Qayumovich Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

  • Abdiyev Egamshukur Koson tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
  • Absalomova Muxabbat Qaxramonovna Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
  • Axmadjonov Hasanboy Mirxakimovich Paxtaobod tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining nemis tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
  • Ziyoyeva Adolat Nurmatovna Yuqori Chirchiq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent viloyati;
  • Israilov Baxriddin Muxammadiyevich Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
  • O‘runboyev Shuxrat Minojidinovich Farg‘ona tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
  • Sharipova Muborak Mirzajonovna Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati.

“Do‘stlik” ordeni bilan:

  • Abdunazarov Akmal Rahimovich Tayloq tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
  • Abipova Zamira Maksetbayevna Nukus shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Allaberganova Feruza Saparbayevna Qo‘shko‘pir tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
  • Asrorov Isoq Urozboyevich Sardoba tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
  • Yerejepova Aliya Nurberdiyevna Tomdi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
  • Ismatova Latofat Ubaydulloyevna Sariosiyo tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
  • Kamalov Amangeldi Bazarbayevich Nukus davlat pedagogika institutining fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Karimov Majit Malikovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori;
  • Kim Natalya Konstantinovna O‘rta Chirchiq tumanidagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
  • Qulonov Donoboy Burxonovich G‘allaorol tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
  • Qudratov Yusup Xolmirzayevich Ko‘kdala tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
  • Muradova Matlubaxon Mahamadjonovna Farg‘ona viloyati “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi;
  • Nabokina Alla Vladimirovna Yakkasaroy tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
  • Nishonov Dodonishon Xomidjonovich So‘x tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
  • Odinsova Natalya Yurevna Yashnobod tumanidagi 204-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri
  • Permatova Nailya Rifkatovna Jarqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
  • Rahimova Dilfuza Nigmatovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining menejment nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri;
  • Tojiboyev Nozim Xakimjonovich Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining tarix fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
  • To‘ychiyev Abdurauf Sharobidinovich Asaka tumanidagi 24-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
  • Hafizov Alisher Rahimovich Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
  • Yusupova Ofeliya Yunusovna O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi professori;

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

  • Abduraxmonova Mohiraxon Ortiqovna Qo‘qon shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
  • Aliyev Rahimjon Andijon davlat universitetining fizika kafedrasi professori, Andijon viloyati
  • Axmedova Ma'suda Xaydarovna V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining torli cholg‘ular bo‘limi maxsus fan o‘qituvchisi;
  • Jumanazarov Umurzoq Abdurazakovich Jizzax davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, Jizzax viloyati;
  • Kenjayeva Zamira Normaxmatovna Urgut tumanidagi 87-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
  • Qilichov Qodir Boboqulovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
  • Kuchmurodova Barno Ernazarovna Mirzaobod tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
  • Matyoqubova Zulhumor Adamboyevna Uchtepa tumanidagi 81-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
  • Muhamedova Mukambar Jurayevna Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi;
  • Nurullayeva Shoira Qo‘shnazarovna Urganch davlat universitetining tarix kafedrasi dotsenti, Xorazm viloyati;
  • Nushboqova Karomat Normurodovna Navoiy shahridagi 8-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
  • Rahimova Zulayho Ismoyilovna Urganch tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
  • Rustamova Mavluda Erkinovna Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining kafedra katta o‘qituvchisi;
  • Samatov Nurilla Fayzillayevich Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi;
  • Tojiyev Mirxotam Mirodilovich Qibray tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
  • Tojimova Muxabbat Abduqodirovna Beruniy tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Temirova Gulnoza Ne'matovna Nurota tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
  • Tilavova Dilbar Abduraxmanovna Mo‘ynoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Xolmurodov Obloqul Kosimovich Shahrisabz tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati;
  • Xotamova Munavvar Sayfulloyevna Buxoro shahridagi 12-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
  • Shodiyeva Muhabbat Aminovna Sherobod tumanidagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabining dutor sinfi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
  • Shodmonaliyeva Muhayyo Bahodirovna Izbosgan tumanidagi “Liderlar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
  • Yusupova Mahfuza Numonovna Namangan muhandislik-texnologiya institutining manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi professori, Namangan viloyati.

 “Sog‘lom turmush” medali bilan:

  • Ahadova Sanoat Habibovna Samarqand tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tojik tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Berdiyeva Shahnoza Ergashevna Sharof Rashidov tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
  • Vahobov Abduxamid Farg‘ona viloyati Chim ustida xokkey federatsiyasi ijrochi direktori, murabbiysi
  • Garjiyev Elmurod Xolmuhammetovich To‘rtko‘l tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Ismoilova Gulnora Samandarovna Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Andijon viloyati
  • Madrahimova Dildora Mirzaakbarovna O‘zbekiston tumanidagi “Yangi umid va ishonch” oilaviy bolalar uyi rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Sagitov Mirxon Mirg‘aziyan Toshkent shahridagi Tashkent Runners yuguruvchilar jamiyati rahbari
  • Tursunova Marhabo Teshayevna Vobkent tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Buxoro viloyati
  • Tursunova Munavvar Ergashevna Kitob tumanidagi “Zvyozdochki kosmosa” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Qashqadaryo viloyati

“Shuhrat” medali bilan

  • Abdurasuliyeva Arzayim Sabirbayevna Qonliko‘l tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Abdurahimova Diljaxon Boltayevna Termiz davlat universiteti akademik litseyining tarix fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
  • Abdullayev Sarvar Ravshanovich Toshkent shahridagi Inha universiteti lektori;
  • Abdullayeva Feruza Erkinovna Norin tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
  • Aliyorov Mansurxon Mashrabovich Pop tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
  • Ashiraliyeva Nilufar Ummatkulovna Sirdaryo tumanidagi 71-aqli zaif bolalar
    uchun maktab-internatining texnologiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
  • Buryak Yelena Vladimirovna Zarafshon shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
  • Gayepov Saidjon O‘tkirovich Qarshi shahridagi 18-ko‘zi ojiz bolalar
    uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
  • G‘ulomova Dilbarxan Sodiqovna Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
  • Doniyorova Aziza Mahmudovna Guliston shahridagi “Intellekt” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Sirdaryo viloyati;
  • Dushayeva Zamira Pirnazarovna Jomboy tumanidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati;
  • Jahonov Mehriddin Jamolovich Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
  • Ibragimov Azizbek Isroilovich Olmaliq shahridagi “Buxoro maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, tarix fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
  • Kim Vitaliy Nikolayevich Mirobod tumanidagi Mates nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
  • Qahhorova Shahnoza Sunnatillayevna Navoiy shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
  • Qilichov Ne’matjon Yo‘ldoshovich Xiva shahridagi 121-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
  • Nazirov Xolimboy Nishonovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
  • Ramazonova Gulnoz Halilovna Buxoro tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
  • Rahimov Hayitmurod Usmonovich Chiroqchi tumanidagi 124-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
  • Rahimova Hurzoda Komilovna Chirchiq shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
  • Rahmatov Mirolim To‘xtayevich G‘ijduvon tumanidagi Thye school of mathematical academy nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
  • Sattarova Xolida Azadovna Xonqa tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Xorazm viloyati;
  • Soataliyeva Matluba Murodovna Chortoq tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati;
  • Suvonova Go‘zal O‘ktamovna Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
  • Sultonova Odina G‘ofurovna Bekobod shahridagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
  • Umarova Feruza Obiddinovna Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
  • O‘rmonov Ne’matillo Mahamedovich Xo‘jaobod tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
  • Xidoyatova Nargiza Sodiqjonovna Yunusobod tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri;
  • Xudoyorov Hamza Murtozovich Guliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
  • Xolbo‘tayeva Muqaddas Mamatmurodovna Jizzax politexnika instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
  • Xolmirzayev Sardor Zafar o‘g‘li Sho‘rchi tumanidagi 125-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
  • Xolmirzayev Hayotjon Kirg‘izboyevich Farg‘ona tumanidagi Le Crayon nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, kimyo fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
  • Xudoynazarov Ilyos Abdurasulovich Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi;
  • Shoyimardonova Gavhar Egamberdiyevna Oltinsoy tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
    Sherqulova Jamila Payanovna Qarshi davlat universitetining mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati;
  • Shodmonova Shoira Saidovna Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika kafedrasi professori;
  • Eshonjonov Jamoliddin Bahromjonovich Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati.

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev farmon O'qituvchi O'qituvchi va murabbiylar kuni mukofotlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing