Prezident bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi
Jamiyat
−
19:49 2272 7 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 avgust kuni tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Bildirilishicha, Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, mamlakat taraqqiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirish, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha salmoqli natijalarga erishib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlanadi:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan
- Odiljon Olimjonovich Boltayev - Samarqand shahridagi “Azia metall prof” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rivojlantirish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktori, Samarqand viloyati.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan
- Baxtiyor Jabborovich Hamroyev - Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan
- Muhsinjon Qosimjonovich Isoqov - Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori,Farg‘ona viloyati
- Yorqin Hayitmurodovich Boboxonov - Bo‘stonliq tumanidagi “Central Asian constriction” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan
- Baxtiyor Ergashevich Ahmedov - Baxmal tumanidagi “Qo‘shchinor mevasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
- Botir Haydarovich Kazimov - Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
- Shunqor Umarovich Umrzoqov - Ohangaron tumanidagi “Sarvar Aziz Umarzoda ramzi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
- Umarbek Quronboyevich Sharipov - Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Qodirjon Mahmudovich Ahmedov - O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
- Otaxon Karimberganovich Masharipov - Xiva tumanidagi “Chinobod qurilish” xususiy korxonasi direktori, Xorazm viloyati
- Saidg‘affor Muhitdinovich Saynurdinov - Ohangaron shahridagi “Premier electrotech” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
- Isroiljon Hakimovich Uraimov - Xo‘jaobod tumanidagi “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati.
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Abdulaziz Abdukadirovich Abduraxmanov - “My freighter” va “Centrum air” xususiy aviakompaniyalari ta’sischisi, Toshkent shahri
- Rastislav Babitsa - “AZC group” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha ijrochi direktori
- Boisxon Basitovich Ganiyev - Shayxontohur tumanidagi “United soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
- Jamshid Xayrullayevich Ismatullayev - Chust tumanidagi “Shust textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
- Robert Klain - “Voltalia” kompaniyasi boshqaruvi raisi
- Bexzod Normamatovich Kodirov - Boysun tumanidagi “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
- Oybek Axmedovich Mamatqulov - Zomin tumanidagi “Azim Zomin shifo” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati
- Xanifa Sapayevna Matkarimova - Bog‘ot tumanidagi “Dilshoda Dilshodbek Manzura” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
- Shermuxammad Kozimovich Mirzajonov - Yangiyo‘l tumanidagi “Imperial granit” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
- Xolmirza Almaxmatovich Turumov - Yakkabog‘ tumanidagi “Oqtosh kelajagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
- O‘zkan O‘ral - “Odas Enerji CA” kompaniyasi rahbari
- A’zam Anvarovich Usmanov - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
- Adaxamjan Abduraimovich Xamidov - “Forteks” kompaniyasi rahbari
- Botir Mamadaliyevich Xujamov - Baliqchi tumanidagi “Chinobod nurli zamin agrofirmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
- Ikrom Yalgashevich Yuldashev - Nukus shahridagi “Karakalpak palace hotel” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
“Mardlik” ordeni bilan
- Rohat Ishimovna Jumaniyozova - Tuproqqal’a tumanidagi “Marjona Saboxon” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
- Afzal Axmadovich Qo‘shshayev - Shofirkon tumanidagi “Jilvon jilosi 2020” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
- Otabek Erkinovich Maxkamov - Ijtimoiy tarmoqlardagi “MrOtabekTV” sahifasi asoschisi, bloger
- Muzaffarxon Obosxonovich Musayev - Kichik biznes uyushmasi raisi o‘rinbosari
- Ma’ruf Husan o‘g‘li Urunboyev - Narpay tumanidagi “Narpay strategy up” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati.
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
- Xadicha Abdullayevna Nazarova - “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, Farg‘ona viloyati
- Sharif Uktamovich Raximiy - Urganch shahridagi “Surge med” xususiy klinikasi bosh shifokori, Xorazm viloyati.
“Sog‘lom turmush” medali bilan
- Xusan Karimovich Ataboyev - Sergeli tumanidagi “Atabaevs production” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
- Shoislom Abdug‘ani o‘g‘li Baratov - Guliston shahridagi “Ideal study” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati
- Anvar Olimovich Kenjayev - Buxoro shahridagi “Amirshoh 777” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati.
- “Jasorat” medali bilan
- Asror Shomurotovich Qurbonov - Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qashqadaryo viloyati
- Furkat Farhod o‘g‘li Qurbonov - Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy, Surxondaryo viloyati
- Zulfiya To‘rayevna Ochilova - Peshku tumanidagi “Zulfiya To‘ra qizi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Shohrux Baxtiyorovich Bahodirov - Shahrisabz shahridagi “Lazzat pishloq” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
- Bekzod Ulug‘bek o‘g‘li Maksudov - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Intest max” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
- Elbek Timurovich Nurmuxamedov - Yashnobod tumanidagi “East-games” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
- Muxammadxon Bobirshoyevich Soliyev - Samarqand shahridagi “Innovatsion maskan” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Samarqand viloyati.
“Shuhrat” medali bilan
- Toxirjon Akbaraliyevich Adamboyev - Sergeli tumanidagi “Barakat-alfa” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
- Davron Toxirovich Dadaxonov - Yunusobod tumanidagi “Global export company” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
- Yulduz Xasanovna Jabbarova - Sharof Rashidov tumanidagi “Yu-Meva” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
- Farxod Gayratovich Mahmudov - “Brio group” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
- Shoxrux Davronbekovich Murtazayev - Yashnobod tumanidagi “Cinema store” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
- Mohichehra Nusratilloyevna Norboyeva - G‘ozg‘on shahridagi “G‘ozg‘on chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Navoiy viloyati
- Dadaxon Odilovich Obidov - Sergeli tumanidagi “Xon films” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
- Inobat Ravshanovna Olimova - Xatirchi tumanidagi “Sultonali Javohir” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati
- Yevgeniya Leonidovna Pan - Ishtixon tumanidagi “Samarkand stone trade corporation” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
- Saloxiddin Saydulloyevich Pardayev - Termiz shahridagi “Fayzi Mehriniso qurilish” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
- Temur Xayrullayevich Sagdiyev - Mirobod tumanidagi “Design studio” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
- Mirsaid Salamatdinovich Sultanov - Nukus shahridagi “Ajiniyaz Qaraqalpaq” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Boburjon Botirali o‘g‘li Sultonaliyev - Quvasoy shahridagi “Crown ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati
- G‘ofur Axmadjanovich Tulyaganov - “Ahmad oltin jo‘ja” restoranlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
- Oybek Tajibayevich Umirzokov - Asaka tumanidagi “Everest metall grand” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
- Sherali Boboqulovich O‘rinov - “Fayz” milliy taomlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
- Dantes Farxodovich Ustadjalilov - Guliston shahridagi “Dantes construction” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati
- Azim Abdurasulovich Xayrullayev - Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati
- Lazizbek Yodgarovich Xamidov - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tasnif group” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
- Ziyodaxon A’zamjonovna Xudoyberdiyeva - O‘rta Chirchiq tumanidagi “Ziyotrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
- Gulnora Djurakulovna Choriyeva - Shahrisabz shahridagi “Tikuvchi Anoragul” xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
- Shuxrat Fazlitdinovich Yusupov - Sergeli tumanidagi “Makiz baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri.
Live
Barchasi