Prezident Behzod Musayevga yangi vazifani yukladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayevga yangi vazifa yukladi. Prezidentning qayd etishicha, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Musulmonlar idorasi, Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi buyuk mutafakkirlarning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish, shuningdek, uni o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, amalda qo‘llash chora-tadbirlarini ko‘rishi lozim. Bu masalaga Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev mas’ul etib belgilanadi.

Davlat rahbari bu haqda gapirarkan, mamlakatda ajdodlardan qolgan tarixiy meroslar ko‘pligini, ammo ulardan yetarli yetarli darajada o‘rganilmayotganini aytadi. 

“Bir o‘ylab ko‘raylik, ajdodlarimiz bunday yuksak cho‘qqilarga qanday erishganlar? Ular, eng avvalo, jaholatga qarshi ma’rifat bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini bashariyat yaratgan ilm-fan yutuqlarini chuqur o‘rganish va boyitishga bag‘ishlaganlar.

Tan olish kerakki, biz ana shunday bebaho merosga ko‘pincha faqat tarixiy yodgorlikka qaraganday munosabatda bo‘lib kelmoqdamiz. Bunday tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tatbiq etishda beparvolik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros kamdan-kam xalqlarga nasib etgan. Birgina Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq nodir qo‘lyozmalarga dunyo ahli havas qiladi. Biz bu haqiqatni har tomonlama teran anglashimiz zarur”, deydi Mirziyoyev.

Uning ta’kidlashicha, buyuk ajdodlarning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. 

“Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, hurmatli ulamolarimiz bu ma’naviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Behzod Musaev

Baholaganlar

275

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing