Prezident Bayden birinchi marta Isroilga keldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning samolyoti bugun, 13 iyul kuni Isroilning Ben-Gurion aeroportiga qo‘ndi. Amerika yetakchisi katta tayyorgarlik ko‘rilgan maxsus marosim bilan kutib olindi. 

Baydenni Isroil Prezidenti Isxak Gersog, Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Isroil hukumatining boshqa vazirlari samolyot trapi oldida kutib olishdi. Uchish-qo‘nish yo‘lagiga to‘shalgan qizil gilam bo‘ylab orkestr va faxriy qorovul saf tortdi. 

Live Updates: Biden Lands in Israel With Security Concerns Setting the Tone  - The New York Times

Bayden kecha, 12 iyul kuni prezidentlikka kelganidan buyon ilk bor Yaqin Sharq bo‘ylab birinchi safarini boshladi, u 13-16 iyul kunlari u Isroil, Iordan daryosining G‘arbiy Sohili va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi.

Joe Biden arrives in Israel to begin first trip to Middle East as president  | The Independent

U jurnalistlar bilan qisqa muloqot qilib, Qo‘shma Shtatlar Isroil-Falastin mojarosini ikki davlat fuqarolarining birga yashash tamoyili asosida hal qilishga intilishini, ammo bu yaqin kelajakda sodir bo‘lmasligini aytdi. 

"Biz mening doimiy qo‘llab-quvvatlashimni muhokama qilamiz – bu yaqin kelajakda sodir bo‘lmasligini tushunsakda – yechim ikki davlatning birga yashash tamoyiliga asoslanadi. Menimcha,  bu isroilliklar va falastinliklar uchun kelajakda teng erkinlik,  farovonlik va demokratiyani ta’minlashning eng yaxshi yo‘li bo‘lib qolmoqda”, deydi Bayden. 

Embraced as an old friend, Biden arrives in Israel at start of Mideast  visit | Reuters

Bayden, shuningdek, mustahkam tinchlik, yanada barqarorlik, yaqinroq aloqalar Yaqin Sharq mintaqasidagi barcha xalqlar uchun juda muhim ekanligini aytgan.

Joe Biden arrives in Israel for his first Middle East tour as president -  Latest US News Hub

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning noyabrida Falastin va Isroil xavfsizlik sohasida hamkorlikni tiklagan. Biroq Isroil 1967 yilgi urushgacha mavjud bo‘lgan chegaralarni tan olishdan bosh tortgani uchun 2014 yildan buyon ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik jarayoni to‘xtatib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Jo Bayden

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing