Prezident: Avtomobillarga qo‘yilgan bojxona bojlari nol foiz bo‘lishi kerak

Jamiyat

image

O‘zbekistonda import avtomobillariga qo‘yilgan bojxona bojlari 0 (nol) foiz bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lishi lozim. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 fevral kuni mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidladi. Yig‘ilish tafsilotlari "Menimcha" ko‘rsatuvida taqdim etildi. 

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, avtomobil xaridi xalqni qiynayotgan dolzarb muammodir. 

"Odamlarning noroziligini bilib turib bilmaslikka olsak, bu ham xiyonat bo‘ladi", deydi Prezident.

Bugungi kunda xaridor bitta avtomobil xarid qilishi uchun to‘lovning 85 foizini to‘lagandan so‘ng ham bir necha oy navbati kelishini kutishiga to‘g‘ri kelmoqda. Prezident eng avvalo, shu muammoni uzil-kesil 1 mayga qadar hal qilish shart ekanini bildirdi.

“Baribir sekin-sekin bu bojxona to‘lovlari 0 foiz bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lishi kerak: arzon va sifatli. Bir oddiy shifokor, oddiy mehnatkash, oddiy fuqaromiz qancha mehnat, mashaqqat qilib yig‘gan pulini bir yilga "avtoprom"ga aylanishi uchun berib qo‘yishi adolatdan emas”, degan davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing