Prezident Ashxobodga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 10-11 oktyabr kunlari Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Davlat rahbarining Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yig‘ilishda Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Sammit yakunida bir qator hujjatlarni, jumladan, 2020 yilda MDHda raislikning O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi to‘g‘risida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya, 1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm hamda ekstremizmning boshqa zo‘ravon ko‘rinishlariga qarshi kurashish  bo‘yicha hamkorlik dasturini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti MDH sammitidagi ishtiroki doirasida Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev MDH Ashxobod

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing