Prezident arzon yo‘llar qurish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahri Tarona ko‘chasida qurilgan 16 qavatli yangi uy-joylarni borib ko‘rdi.

Ma’lumki, Farg‘ona O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan shaharlaridan. Shu bois bu kabi zamonaviy ko‘p qavatli uylar aholining o‘sib borayotgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xususan, mazkur 2 ta 16 qavatli uyni qurish uchun 11 sotix yer kifoya qildi. Endi bu yerda 160 ta oila yashaydi. Xonadonlarning bir qismi ijtimoiy himoyaga muhtojlarga topshiriladi.

Qurilishda seysmologiya va zamonaviy arxitektura talablariga alohida e’tibor berilgan. Energiya tejovchi, sifatli materiallardan foydalanilgan. Uylarning yonida bolalar o‘yin maydonchasi, mashinalar turargohi bor. 420 o‘rinli maktab barpo etilgan. 380 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilmoqda.

Davlati rahbari Farg‘ona tumani Ilg‘or mahallasiga borib, ichki yo‘llarni arzon qurishga oid andozalarni ko‘zdan kechirdi.

Mamlakatda 39 ming kilometrga yaqin ichki yo‘llar tuproqli. Ilgari qurilgan ko‘chalarning ham ko‘pi o‘ydim-chuqur bo‘lib, yaroqsiz holga kelgan. Ushbu barcha yo‘llarga asfalt yotqizish juda qimmatga tushadi.

Shu bois qum-shag‘al, ohak tosh, chaqiq tosh, sement kabi mahalliy materiallar aralashmasidan 5 xil qoplama varianti tayyorlangan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu namunalarni ko‘zdan kechirgan. Soha mutaxassislari yo‘l qoplamalarining tarkibi, tannarxi, sifati bo‘yicha ma’lumot berdi.

Prezident bu ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlab, ularni muhandislik jihatidan takomillashtirish, xomashyo zaxiralari va zarur texnikalarni aniq hisob-kitob qilib, eng ma’qulini tanlash kerakligini ta’kidladi.

Shu bilan davlat rahbarining Farg‘ona viloyatiga safari yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing