Prezident “Angren” temir yo‘l vokzalining ochilish marosimida ishtirok etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Angren shahrida bo‘lib turibdi. Prezident, avval xabar berganimizdek, dastlab mukammal kapital rekonstruksiya qilingan “Angren” temir yo‘l vokzalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur vokzal bir paytlar to‘yxona bo‘lgan, keyingi vaqtlarda qarovsiz holatga tushib qolgan edi. Ayni paytda bino “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan xalqaro andozalar darajasida ta’mirlandi,  qayta jihozlandi. Endilikda shu joydan turib hudud aholisi Toshkent-Angren poyezdiga chipta xarid qilishi, shuningdek, mahalliy va ichki marshrutlarga jo‘nash imkoniyatiga ega.

So‘ngra shu yerning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Angren shahrini kompleks rivojlantirishga doir 20 ga yaqin loyihalar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasining yangi binosi bilan tanishdi. U yerda soha vakillari bilan muloqot qildi.

Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing