Prezident Administratsiyasida yana yangi tayinlovlar bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Prezidenti Administratsiyasining departamenti boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

Elmurod Iqboljon o‘g‘li Najimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;

Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 iyul kuni ham Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidagi bir nechta departamentning boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Prezident Administratsiyasi Elmurod Iqboljon o'g'li Najimov Hikmatilla Shuhratilla o'g'li Ubaydullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing