Prezident Administratsiyasida yana tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida tayinlovlar davom etadi. Bugun, 26 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishi bilan 4 kishi lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda Administratsiya rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Telegram-kanalida xabar berdi. 

“Prezidentimizning tegishli farmoyishiga asosan bugun Prezident Administratsiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirildi”, deb yozgan Allamjonov

Unga ko‘ra: 

Rustam To‘ychiyevich Kamilov — Prezident Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘’ba mudiri; 

Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev Prezident Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘’ba yetakchi konsultanti;

O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov Prezident Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘’basi yetakchi konsultanti;

Shoxrux Anvarovich Xodjayev Prezident Administratsiyasi kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba yetakchi kunsultanti lavozimiga

tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini sobiq o‘rinbosari Odil Qalandarovich Abdurahmonov egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

513

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing