Prezident Administratsiyasi vakili tuman hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 27 may kuni Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida Marhamat tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Andijonga tashrifi davomida Marhamat tumani hokimi Shuhrat Qamchiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. Shu sababli yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan Boburbek Bahodirovich Yo‘ldoshev Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi.

Boburbek Yo‘ldoshev 1986 yil 22 yanvar kuni Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Boburbek Yo‘ldoshev Mehnat faoliyatini 2005-2006 yillarda Andijon shahar statistika bo‘limi iqtisodchisi, 2006-2009 yillarda Andijon viloyat statistika boshqarmasida turli lavozimlarda, 2009- 2010 yillarda Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot Bosh boshqarmasi sanoat, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2010-2018 yillarda Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimlarida,  2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi yetakchi inspektori, 2019 yildan shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boburbek Yo'ldashev

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar