Prezident Administratsiyasi mutaxassisi tuman hokimi bo‘ldi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022
11812Azamat Ismatovich Fayziyev Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 31 yanvar kuni xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada Navoiy viloyati hokimi so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Umarbek Xalilovni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etish hamda tuman hokimi lavozimiga Azamat Ismatovich Fayziyevni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilganini bildirgan.
Bunga qadar Azamat Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida sho‘’ba bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Nurota tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Umarbek Yaxshimurodovich Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
LiveBarchasi